ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLAR

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Xalmuratova Fatima Adilbaevna
Bo’lim boshlig‘i


Qabul vaqti:Dushanba – Shanba: 08:30-17:00
Tel:(8361) 222-84-18
Fax:(8361) 222-84-36
E-mail:nukusmed@mail.ru
Manzil:Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi 108-uy

Idirisov Jaqsiliq Aytmuratovich
Bosh mutaxassis


Qabul vaqti:Dushanba – Shanba: 08:30-17:00
Tel:(8361) 222-84-18
Fax:(8361) 222-84-36
E-mail:nukusmed@mail.ru
Manzil:Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi 108-uy

  Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tarkibiga kiradi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • institut kadrlar tayyorlash sifati nazorat qilish va monitoringini olib borish;
  • institut talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlari (DTS)ga muvofiqligini hamda talabalarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish;
  • ta’lim sifatini ta’minlay oladigan  professor-o‘qituvchilar tarkibini shakillantirish, jumladan salohiyatli o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati malakasini oshirish imkonini beradigan (ob’ektiv) shaffof tashkiliy mexanizimlarni yaratish;
  • professor-o‘qituvchilarning dars berishi sifatini muntazam ravishda tahlil qilish;
  • institutni ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
  • o‘quv jarayinini normativ-huquqiy  hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligini va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);
  • malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarning kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;
  • bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni shakillantirish;
  • o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnalogiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari  sifatining nazorat talab darajasida yo‘lga qo‘yilganligi o‘rganib borish;
  • talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganligi bo‘yicha ko‘rilgan choralar samaradorligini aniqlash;
  • axborot-resrurs markazida talaba va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar bo‘yicha darsliklarning mavjudligi, talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish;
  • institutda plagiatga qarshi dasturlarning joriy etilishini ta’minlash (jumladan, akademik halollik tamoyillarini joriy etish va ko‘chirmachilikka qarshi ishlarni tizimli ravishda tashkil etish);
  • ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
  • ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
  • institut reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
  • institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
  • institut reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
  • institutning tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;
  • institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;
  • o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
  • institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;



© 2024 kkmi