Yangiliklar

Talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

26.08.2025

Bugun, 26-avgust kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 350 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda institut jamoasi, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Institut rektori Olimbay Halimov o‘z nutqida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, xususan, talabalarni turar joy bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar haqida to‘xtalib, barchani ushbu quvonchli voqea bilan tabrikladi.
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar doirasida talaba-yoshlarni qulay yashash sharoitlari bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu turar joyning Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi talaba-yoshlar uchun katta sovg‘a bo‘ldi. Bu boradagi sa’y-harakatlar Hurmatli Prezidentimizning 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, 2030-yilga qadar qo‘shimcha 150 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish vazifalari bilan uzviy bog‘liqdir.
Institutning talabalar turor joyining asosiy maqsadi — olis hududlardan kelgan va kam ta’minlangan talabalar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish, ularning o‘qishga bo‘lgan imkoniyatlarini kengaytirishdir. Turor joyda har bir xona 3 yoki 4 nafar talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, u alohida xonalar tizimi asosida tashkil etilgan.
Seksiya ichida:
• alohida zamonaviy oshxona,
• sanuzel va dush kabinalari,
• yuqori sifatli maishiy texnika va mebellar,
• isitish-sovitish tizimlari mavjud
Ta’mirlash ishlariga Institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 6 mlrdga yaqin so‘mma sarf qilindi. Talabalar turor joyida yaratiladigan qulay sharoitlar talabalarning bilim olish jarayonini yanada samarali va mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

© 2025 kkmi