Yangiliklar

💐 “Sizga ta’zim, aziz ayollar!”

06.03.2026

Kuni kecha Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Bolalar milliy tibbiyot markazi Orolbo‘yi klinikasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Sizga ta’zim, aziz ayollar!” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rektori O. Xalimov so‘zga chiqib, institut professor-o‘qituvchilari hamda klinika shifokor va xodimlarini ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etdi. U o‘z nutqida ayollarning tibbiyot sohasidagi beqiyos hissasi, bemorlar salomatligini asrash yo‘lidagi fidokorona mehnati va jamoadagi samarali faoliyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, qisqa vaqt ichida klinika jamoasi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan sifatli tibbiy xizmatlar xalq e’tirofiga sazovor bo‘layotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, klinika bosh shifokori F. Xomidov ham tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, jamoada faoliyat yuritayotgan ayol-qizlarning mas’uliyatli mehnati, kasbga sadoqati va bemorlarga mehr bilan xizmat qilayotganini yuqori baholadi. Bayram munosabati bilan o‘zining fidokorona mehnati, yuqori kasbiy mahorati bilan ajralib turgan bir guruh professor-o‘qituvchilar, shifokorlar hamda xodimlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🌷 Tadbir davomida ayol-qizlarning jamiyat va tibbiyot sohasidagi o‘rni yana bir bor e’tirof etilib, ularning mehnati va fidoyiligi ehtirom bilan tilga olindi.

💐 Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi barcha ayol-qizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy tabriklaydi!

Institutimizda bayramona muhit hukm surib, ayol-qizlarimizga bag‘ishlangan e’tibor va samimiy tabriklar davom etmoqda.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com