
🔹 Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida MEDIA-TUR
18.09.2025 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutiga ilk qadam qo‘ygan 1-bosqich talaba-yoshlarni institut faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida MEDIA-TUR tashkil etildi.
🩺 Tibbiyot sohasiga ilk qadam qo‘ygan talabalar institut klinikasida bir vaqtning o‘zida ham bilim olish, ham amaliyotda qatnashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ular jarrohlik amaliyotlari jarayonlarini kuzatib, dual ta’lim asosida o‘qish bilan birga, real tibbiy muhitda tajriba orttirayotgan yuqori bosqich talabalarning faoliyatini ko‘zdan kechirdilar.
📚 Media-tur davomida talabalarga institutda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, klinik bazalar, laboratoriyalar va o‘quv-uslubiy imkoniyatlar haqida taqdimotlar o‘tkazildi. Yoshlar institut imkoniyatlariga katta qiziqish bildirib, shunday nufuzli oliygohda tahsil olayotganidan faxrlanishlarini bildirdilar.
✨ Ushbu tadbir yangi qabul qilingan talabalarda shifokorlik kasbiga bo‘lgan mehr va mas’uliyat hissini yanada kuchaytirib, ularni bilim va tajribani uyg‘un holda egallashga ilhomlantirdi.





