E'lonlar,Yangiliklar

🎓 O‘zbekistonda ta’lim oling – Rossiyada o‘qishni davom ettiring!

31.07.2025

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tomonidan Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan «Pediatriya» ta’lim yo‘nalishiga qabul boshlandi.

📘 «3+3» ta’lim shakli:

• 1-3 kurslar – Qoraqalpog‘istonda o‘qish

• 4-6 kurslar – Sankt-Peterburgda o‘qishni davom ettirish

📚 Barcha darslar faqat rus tilida olib boriladi

Kirish tartibi:

Qabul kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi:

Birinchi bosqich – biologiya va kimyo fanlari bo‘yicha test sinovlari

Ikkinchi bosqich – rus tili bo‘yicha test sinovlari

✅Test sinovlarining ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.

Kerakli hujjatlar:

• 6 ta fotosurat (3×4)

• 086-U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma

• Pasport yoki ID karta nusxasi

• O‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi attestat

• Barcha hujjatlarning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi

Hujjatlarni topshirish muddati:

2025-yil 1-avgustdan 20-avgustgacha

Topshirish joyi:

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti qabul komissiyasi

Kontakt axboroti:

📱 95 801 0595
📱 95 811 0595
📱 95 821 0595

© 2025 kkmi