
Talabalar va magistrantlar diqqatiga!
09.09.2025 Поделиться
Talabalar va magistrantlar diqqatiga!
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-sonli buyrug‘ining 2-b bandida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida 2024-2025-o‘quv yilining qabul kvotasini hisobga olib, kelgusi 2025-2026-o‘quv yilida institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining 2-kurs talabalari uchun ta’lim grantining sonini talabalar sonidan kelib chiqib, ta’lim berish tili va kurslar kesimida to‘liq ta’lim granti va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantiga taqsimlagan holda tasdiqlandi.
Bunda:
To‘liq davlat granti – ta’lim granti bazaviy miqdorining 50 foizidan kam bo‘lmasligi;
To‘liq bo‘lmagan davlat granti – ta’lim granti bazaviy sonining to‘liq ta’lim grantidan qolgan qismining ikki baravari miqdorida belgilandi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari haqida quyidagi havola orqali batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.