INSTITUT HAQIDA

Missiya, strategiya, vazifa, qadriyat va istiqboli


Missiya:


       Orolbo‘yi mintaqasi uchun tibbiyot sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish va salomatligini mustahkamlash.


Institutga qarash:


       Institut Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun oliy tibbiy kadrlarni tayyorlaydigan yagona tibbiyot oliy ta’lim muassasasidir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orol falokatining o‘chog‘i bo‘lib, uning aholisi ekologik  omillardan katta zarar ko‘rmoqda. Institut tibbiyotning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, aholi kasalliklari bilan bog‘liq hududiy muammolarni ilmiy tahlil qilish va hal etit, aholi o‘rtasida patologiyaga eria tashxis qo‘yish va samarali davolashni takomillashtirishga mas’uliyat yuklaydi. Orolbo‘yi mintaqasida kadrlar tayyorlashda tibbiy ta’lim sohasiga ilg‘or jahon yutuqlarini integratsiya qiladigan va uzoq muddatli istiqbolda ta’lim sifatini yaxshilashga hissa qo‘shuvchi institut.


Qadriyati:


Talabalar: davlatimiz kelajagi

Etakchilik: doimiy rivojlanish va oldinga harakat qilish istagi

Ijtimoiy mas’uliyat: jamiyat farovonligiga ta’sir qiluvchi xayriya va ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish

Tadqiqot va ta’lim erkinligi: yangi g‘oyalarga, o‘zgarishlarga, hamkorlikka,  o‘qitish va tadqiqotda yangi formatlar va texnologiyalarga ochiqlik;

Akademik erkinlik: biz ma’lumot almashish, tanlov qilish, o‘z g‘oyalarimizni ishlab chiqish va o‘z harakatlarimizni belgilashda erkinmiz.


Strategik maqsadi:


Institutning barcha faoliyat yo‘nalishlari sifatini oshirish, institutni bozor iqtisodiyoti sharoitida barqaror dinamik o‘sish traektoriyasiga olib chiqish, uni zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh va ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassislar (bitiruvchilar) tayyorlash bilan ajralib turadigan institutga aylantirish.


Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


Moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish va mustahkamlash, simulyasion markaz, o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash;

ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni keng joriy etish;

talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq ta’lim dasturlarini shakllantirish;

o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish;

magistratura talabalarining yuqori saviyada ilmiy izlanishlar olib borish, pedagogik faoliyat yuritish, boshqaruv, tanqidiy fikrlash va tizimli tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi uchun mazkur ta’lim bosqichi o‘quv reja va dasturlarini muntazam takomillashtirib borish;

o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va qoraqalpoq tiliga tarjima qilish ishlarini jadallashtirish, xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxona fondini muntazam ravishda yangilab borish;

yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, olimlarni va ko‘p yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilish;

xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar akademik mobilligi dasturlari hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish;

professor-o‘qituvchilarning tegishli soha korxona va tashkilotlarida, xorijiy xamkor oliy ta’lim muassasalarida va ilmiy tekshirish institutlar bazasida  stajirovka o‘tashini tizimli tashkil etish;

institut ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

talabalarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarii olib borish;

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com