BAKALAVRIAT TALABALARI

Yurt obodligi — barchamizning mas’uliyatimiz!

13–14-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Institutning talabalari hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari “Toza shahar” aksiyasi doirasida Shorsha bobo qabristoni atrofini obodonlashtirib, hududni chiqindilardan tozalash ishlarini amalga oshirmoqda.

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tayotgan ushbu ezgu tashabbus yoshlarimizning Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati, ekologik madaniyati hamda jamoatchilik ishlaridagi faolligini yana bir bor namoyon etmoqda.

 Atrof-muhitni asrash, yashab turgan hududimizni toza va ozoda saqlash, ko‘chalarimizga ko‘rk bag‘ishlash — barchamizning qo‘limizda.

Barchani umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com