Faol talaba-yoshlar e’tirof etildi
20.01.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan faol, tashabbuskor va iqtidorli talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida e’tibori tufayli qabul qilinayotgan muhim qaror va farmonlar, ularning amaliy natijalari, hududda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar aniq misollar bilan yoritildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar alohida nazoratga olindi.
Quvonarlisi shundaki, jamoat ishlarida faol ishtirok etib, tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan yoshlar qatorida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti iqtidorli talabasi Odilov Diyorbek ham Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori bilan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi.

Mazkur yutuq munosabati bilan Institut rektori Olimbay Xalimov talaba Diyorbekni tabriklab, kelgusida ham yuksak marralarni zabt etishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, yoshlarni Vatanga muhabbat, fidoyilik va sidqidildan xizmat qilish ruhida faol bo‘lishga chorlab, o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

🎉 Talabamizni ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
QTI Matbuot xizmati