Yangiliklar

Ilm sari ilk qadam – 1-kurs talabalari safimizda

05.09.2025

Bugun, 5-sentyabr kuni, Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida
2025–2026-o‘quv yilida birinchi kursga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Z. Aleuov ochib berib, talabalik yo‘liga qadam qo‘ygan yoshlarni samimiy tabrikladi. Shuningdek, institutning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq me’yorlariga amal qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Erimbetova ham so‘zga chiqib, talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar va qulay sharoitlar haqida ma’lumot berdi.

✨ Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi barcha talabalarni, ayniqsa ilk bor talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarni chin dildan qutlaydi!

Sizlarga ilm yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, kelajakda yurt taraqqiyoti uchun munosib kadr bo‘lishingizni tilab qolamiz.

© 2025 kkmi