Yangiliklar

Qoraqalpogʻistonda «Buzoqli sigir krediti» dasturi davom etmoqda

17.07.2024

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqorgʻi Kengesi va «PERZENT» markazi tomonidan 2022 yildan boshlab respublikaning shimoliy tumanlarida istiqomat qiluvchi kam taminlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan oilalar uchun bepul “Buzoqli sigir krediti” loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Bu hayrli ishni har yili a’nanaviy tarzda davom ettirish maqsadida bugun 12-iyul kuni Joqorgʻi Kengesi deputati, Senator va “PERZENT” markazi rahbari Oral Ataniyazova va Qonliko‘l tumani hokimi B.Sultanov ishtirokida ushbu tumanning Sariq oltin va Madaniyat OFY fuqarolar bilan uchrashdi. Uchrashuvda ushbu hududta istiqomat qiluvchi, kam taminlangan oilalardan T.O‘temisov va M.Esimbetov oilasiga navbatdagi buzoqli sigirlar bepul topshirildi. Bu loyiha “PERZENT” markazi va Ovul Fuqoralar Yigʻini a’zolari nazoratida olib boriladi.

Bugungi kunda “PERZENT” markazi tomonidan berilgan barcha “Buzoqli sigirlar kredit” loyihasi ishtirokchilari (oilalar) ijobiy natija berdi. Bu loyiha natijasi bilan “PERZENT” markazi Qonliko‘l tumanidagi Namunali Fermer xo‘jaligi tashkillashtirish haqida tuman hokimi B.Sultanov bilan kelishildi.

© 2024 kkmi