
O‘qituvchilarga ehtirom va yoshlarga imkoniyat — mamlakat kelajagi poydevori
16.09.2025 Поделиться
Bugun, 16-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida professor-o‘qituvchilar ishtirokida navbatdagi institut majlisi bo‘lib o‘tdi.
✅ Majlisni Institut Rektori O.Xalimov olib bordi va barcha ustoz va pedagoglarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabrikladi.
🔹 Yig‘ilishda ta’lim sifatini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy darajalarini ko‘tarish, yosh tadqiqotchilarga imkoniyat yaratish, ularni ilmiy-ijodiy ta’tillarga yuborish hamda nashr faolligini kuchaytirish masalalariga alohida to‘xtalildi.
🔹 Shuningdek, davlat loyihalari, xorijiy grantlar va investitsiyalar yo‘nalishida faol qatnashish, institut uchun moliyalashtirish manbalarini kengaytirish zarurligi qayd etildi.
📖 Majlisda ayrim ishlarga mas’uliyatsiz yondashish holatlariga ham baho berildi va kelgusida bu kabi kamchiliklarni takrorlamaslik qat’iy talab etilishi ta’kidlandi.
💬 Bugungi amalga oshirilayotgan ishlar — tibbiyot sohasi uchun “oltin kadrlar”ni tayyorlashda mustahkam zamin ekanligiga urg‘u qaratildi.

