Professor-o‘qituvchilar uchun muhim ahamiyatga ega seminar
08.01.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida professor-o‘qituvchilar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masofaviy seminar-trening tashkil etildi. Ushbu tadbir professor-o‘qituvchilarning o‘quv dasturlarini dunyoning TOP-300 oliy ta’lim muassasalari tajribasi asosida optimallashtirish maqsadida o‘tkazildi.
Seminarda Qozog‘iston Respublikasi, Chimkent shahrida joylashgan Tashenev universiteti Axborot va raqamli texnologiyalar kafedrasi katta o‘qituvchisi Xalmetova Shaxnoza Abdulaqimovna online tarzda va institut professor-o‘qituvchilari o‘z faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yangi usullar bo‘yicha fikr va tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.tomonidan olib borildi.
🖥 Trening davomida:
- tibbiyot ta’limida multimedia va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish;
- akademik mobillik doirasida xorijiy tajribalar;
- zamonaviy o‘qitish metodlari va interfaol yondashuvlar haqida so‘z yuritildi.
🔬 Bunday xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvi tibbiyot ta’limi sifatini oshirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda zamonaviy tibbiyot sohasining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.





