“Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif
11.11.2025 Поделиться
Bugun, 11-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori Olimbay Xalimov, birinchi prorektor Z.Aleuov, komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i Q.Jamalov hamda tyutorlar boshchiligida faol talaba-yoshlar Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurdi.
Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — siyosiy qatag‘on yillarida begunoh jinoyatchi sifatida e’lon qilingan, hayoti zo‘rlik bilan uzilgan, millat ravnaqi uchun jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini ulug‘lash va talaba-yoshlar ongida tarixiy xotirani mustahkamlashdi.
Tadbir davomida talabalar 1937–1953-yillardagi hamda o‘tgan asrning 1980-yillarida amalga oshirilgan siyosiy qatag‘onlar tarixini aks ettiruvchi arxiv hujjatlari, tarixiy fotosuratlar, shaxsiy buyumlar, sud hukmlari va qo‘lyozmalar, o‘sha davr fojiasini aks ettiruvchi noyob eksponatlar bilan tanishdi.
Muzey xodimlari tomonidan talabalarga o‘z xalqi, ona yurti, milliy qadriyatlari yo‘lida kurashgan minglab ilm, madaniyat, siyosat va adabiyot namoyandalarining fojiali taqdiri haqida chuqur tarixiy ma’lumotlar berildi.
Tashrif davomida institut rektori O.Xalimov muzey tashkilotchilarining mashaqqatli mehnatini yuksak e’tirof etar ekan: “Bu muzey har bir yosh uchun saboq maskani. Tarixni bilgan avlodgina kelajakda xatolarga yo‘l qo‘ymaydi”, deya ta’kidladi.
Shuningdek, rektor talabalarni muzey fondini boyitishga, mavjud tarixiy eksponatlar va arxiv materiallarini yig‘ishda faol ishtirok etishga ham chaqirdi.











Ushbu tashrif talaba-yoshlarning milliy g‘ururini, vatanparvarlik tuyg‘ularini, tarixiy adolatga bo‘lgan hurmatini, ma’naviy tafakkurini yanada mustahkamladi.
QMI Matbuot xizmati