Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari xalqaro miqyosda yuqori natijaga erishdi!

30.10.2025

Joriy yilning 16-18 oktyabr kunlari Qozog‘iston tibbiyot akademiyasida yosh olimlar va talabalarning III Xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbir doirasida o‘tkazilgan jarrohlik fanlari bo‘yicha III Xalqaro olimpiadada Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari faxrli natijalarni qo‘lga kiritdi.

Xususan, «Desmurgiya» yo‘nalishidagi tanlovda institutimiz talabalari E.Abdimuratov, O.Ortiqboyev va R.Rzataevalar o‘zlarining chuqur bilimlari va amaliy ko‘nikmalari bilan ajralib turishib, II darajali diplom bilan taqdirlandi.

Bu yutuqqa talabalarga ilmiy yo‘nalishda doimiy rahbarlik qilib kelayotgan «Bolalar jarrohligi, travmatologiya, anesteziologiya va reanimatologiya» kafedrasi professor-o‘qituvchilarining mehnatlari alohida. Talabalarni, kafedra o‘qituvchilari G.Seidakova va D.Tleuniyazovalar rahbarlik qilib olib bordi.

Tadbir yakunida, Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi rektori Seytjanova Janna Serikjanovna tomonidan Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori Olimbay Xalimov nomiga minnatdorchilik xati topshirildi. Bu esa ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik yanada mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

Quvonarlisi, bu natija – Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti yoshlarining ilm-fan, innovatsiya va xalqaro maydondagi nufuzini ko‘rsatadigan yuqori natijalardan biri hisoblanadi.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com