Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Xalqaro inson huquqlari kuni munosabati bilan seminar bo‘lib o‘tdi

16.12.2025

10-dekabr — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirda institutning professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdi.

Seminar davomida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining tarixiy ahamiyati, unda belgilangan asosiy tamoyillar — inson sha’ni va qadr-qimmati, tenglik, erkinlik, adolat va tinchlik masalalari atroflicha yoritildi. Shuningdek, inson huquqlarini himoya qilishning bugungi kundagi dolzarb yo‘nalishlari, jumladan gender tengligi, ta’lim, mehnat, sog‘liqni saqlash, raqamli davrda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi kabi masalalar muhokama qilindi.

Mavzu yuzasidan O‘zbek tili, tillar va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti T. Pirniyazova ma’ruza qilib, inson huquqlarining shakllanish bosqichlari, BMTning bu boradagi roli, shuningdek O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil tushunchalar berdi.

Mazkur seminar ishtirokchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, inson huquqlariga hurmat ruhini mustahkamlash hamda demokratik qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qildi.

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
Matbuot kotibi

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com