QTIda kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
17.02.2026 Поделиться
14-fevral – “Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni” munosabati bilan 16-fevral kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Plato Books” kitob do‘koni tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarka talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda barcha kitobxonlar uchun haqiqiy ma’naviy bayramga aylandi. Unda turli janrdagi badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop asarlar, o‘quv qo‘llanmalari va jahon adabiyoti durdonalari taqdim etildi.
Tadbir doirasida institut psixologi tomonidan giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan “Zarar va yechimlar” mavzusida takliflar yig‘ildi. Bu esa yarmarkaga yanada mazmun va dolzarblik baxsh etdi. Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitobga mehr uyg‘otish hamda uni eng yaxshi sovg‘a sifatida targ‘ib qilishdir.
📖 Kitob – bilim, tafakkur va taraqqiyot sari yetaklovchi bebaho boylikdir.


