Registrator ofisi boshlig‘i

Tayrov Kudiyar Baxtiyar-uli
Qabul vaqti: | Dushanba-shanba 9:00 dan 17:00 gacha |
Tel: | (99861) 222-29-60 (99861) 222-82-76 |
Fax: | (99861) 222-84-36 |
E-mail: | ktayrov@inbox.ru |
Manzil: | Nukus shahri, A.Dosnazarov ko’chasi 108 |
“Registrator ofisi” boshlig‘ining lavozim vazifalari:
Ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri ularni boshqarish;
Ofis xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish;
talabalarga koʻrsatiladigan xizmatlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini doimiy nazorat qilish;
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va intitut tomonidan oʻrnatilgan talablar asosida oʻquv jarayonini tizim orqali toʻgʻri tashkil etilishini hamda professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning bu jarayondagi faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
Ofis tomonidan yoʻlga qoʻyiladigan xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ofisning yaqin va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish; Xizmat koʻrsatish (front office) va Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlim boshligʻi va menejerlarning mehnat faoliyatini tahlil qilish, baholash hamda ragʻbatlantirish boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritib borish.
Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlimi sektorlari:
- Talabalarga xizmat koʻrsatish sektori:
- Ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori va Xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori:
- Buxgalteriya va marketing boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori:
Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlimi sektorlari:
- Statistik maʼlumotlarni yuritish sektori
- Oʻquv jarayonini muvofiqlashtirish sektori
- Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori