Yangiliklar

«Rektor va yoshlar» uchrashuvi

05.03.2026

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbusga muvofiq, mamlakatimizda har payshanba kuni rahbarlarning yoshlar bilan ochiq muloqotlarini tashkil etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «Rektor va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda institut rektori O. Xalimov yuqori kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning kelgusida kasbiy faoliyatini samarali tashkil etish uchun davlat tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar va islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida soha mutaxassislari ishtirokida talabalarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilinib, ularning kasbiy faoliyat, ishga joylashish, ilmiy izlanishlar va amaliyot imkoniyatlari bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.

Mazkur muloqot yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda yoshlar va rahbariyat o‘rtasida ochiq va samarali muloqot muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com