Yangiliklar

“Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

23.09.2025

Bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida institut rektori Olimbay Xalimov 1-bosqich talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda rektor yosh avlodni:

  • kasbiy mahorat va axloqiy qadriyatlarga sodiq bo‘lib yetishishga,
  • ilmiy-amaliy faoliyatni kuchaytirishga,
  • jamiyat salomatligiga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga da’vat etdi.

Shuningdek, talabalarga GPA ball tizimida yuqori natijalarni qo‘lga kiritish va xorijiy akademik mobillik dasturlarida ishtirok etish uchun hozirdan puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida talabalar ta’lim jarayoni bo‘yicha o‘z savol va takliflarini bildirdi. Rektor esa ularni tinglab, har bir fikr alohida ko‘rib chiqilishini, shuningdek, talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun mexanizmlar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Ta’kidlash joizki, talaba-yoshlar va institut rahbariyati o‘rtasidagi bunday ochiq muloqotlar muntazam davom ettiriladi. Bu esa talabalar fikri va tashabbuslari institut hayotida muhim o‘rin tutishini ta’minlaydi.

© 2025 kkmi