Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi
Qabul vaqti: | Dushanba-Shanba 9:00 dan 17:00 gacha |
Tel: | (998 97) 355 19 72 |
Fax: | (998 61) 222 84 36 |
E-mail: | nukusmed@mail.ru |
Manzil: | Nukus shahri, A.Dosnazarov ko’chasi 108-uy |
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi institutning asosiy tarkibiy bo’linmalaridan biri bo’lib, u nizomga muvofiq ish olib boradi va o’z faoliyatini oliy hokimiyat, ma’muriyat, shuningdek, Ilmiy kengashning qarorlari va buyruqlari asosida tashkil etadi. Ushbu bo’lim tomonidan talabalar ilmiy jamiyati shakillantirilgan va faoliyati olib borilmoqda.
Bo’limning asosiy maqsadlari:
Institut kafedra va klinikalarida to’garaklar ishini tashkil qilish, iqtidorli talabalarni zamonaviy ilm-fan asoslarini egallash, ularning ilmiy faoliyatini ilm-fanning eng dolzarb yo’nalishlari sohalariga yo’naltirish, tibbiyot fani yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish, ilmiy izlanishlarni takomillashtirish, ilmiy natijalarni chop qilish va ilmiy anjumanlarda qatnashish hamda ma’ruzalar qilish, faol yoshlar va ularning rahbarlarini rag’batlantirish, shu yo’nalishlarda taklif va maslahatlar berish.
Bo’limning vazifalari:
- iqtidorli talabalarni, izlash va aniqlashni tashkil etish;
- ta’lim olayogan iqtidorli talabalarning, ya’ni bo’lajak tibbiyot hodimlari va yosh olimlarning intelektual salohiyatini muntazam ravishda aniqlab borish;
- iqtidorli talabalarning moyilligiga qarab, ularni maqsadli tayyorlashni uyushtirish;
- fundamental ilmiy-tadqiqot ishlariga, ilmiy to’garaklarga va mualliflik jamoalariga jalb qilishni uyushtirish;
- iqtidorli talabalarni ilmiy maqolalarini chop etishga, hamda ularning ilmiy ishlari va ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etishda ko’maklashish;
- iqtidorli talabalarni Respublika va Xalqaro miqiyosda o’tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlash hamda xorijiy davlatlarga chiqishga va malaka oshirishga yuborishni tashkil etish;
- iqtidorli talabalar safidan O’zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni maxsus tayyorlash;
- talabalarni mustaqil ilmiy tajribalar o’tkazishga, turli xil zamonaviy asbob-uskunalar bilan ishlashga, klinik-morfologik tekshirishlar olib borishga ko’maklashish;
- iqtidorli talabalarni ilm va fan arboblari, tibbiyot muassasalari rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
- iqtidorli talabalar uchun ixtisoslik bo’yicha kasb o’yinlarini tashkil etish;
- zamonaviy axborot tizimidan foydalanishga shart-sharoitlar yaratish.
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talaba yoshlarining Respublika va xalqaro olimpiadalarda erishgan yutuqlari
2024-yilda erishgan natiyjalari
2023-yilda erishgan natiyjalari
2022-yilda erishgan natiyjalari