ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLAR

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi

Xakimov Daryabay Perdebayevich

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i


Qabul vaqti:Dushanba – shanba: 09:00 dan 17:00 gacha
Tel:(8361) 222-84-18
Fax:(8361) 222-84-36
E-mail:nukusmed@mail.ru
Manzil:Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi 108-uy

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Nazorat va monitoring bo‘limi (keyingi o‘rinlarda “bo‘lim” deb yuritiladi) «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining va institut bo‘yicha ichki buyruqlar va ko‘rsatma-farmoyishlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan. 

Bo‘lim o‘z faoliyatini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, 2020-yil 23-sentyabrdagi 637-sonli «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlari, QTI Nizomi, institut ish reglamenti va mazkur Nizomga amal qiladi.

Bo‘lim fakultetlar, kafedralar, shuningdek bo‘limlarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot,kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik, institut bo‘yicha buyruqlarning hamda ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. 

            Bo‘lim o‘z faoliyatini QTI rektori rahbarligida amalga oshiradi va bevosita rektorga bo‘ysunadi.

            Bo‘lim o‘z faoliyatini inmtitutning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi asosiy vazifalari:

  • institutda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limga oid qonunlar, vazirlikning Hay’at qarorlari, buyruqlari va boshqada hujjatlarning, shuningdek institut bo‘yicha ichki buyruqlar va farmoyishlarning bajarilishini monitoring qilish;
  • elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi asosida
    hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish;
  • institutda professor-o‘qituvchilar va o‘quv-yordamchi xodimlar tarkibi ichki inspeksiyasini tashkil kilish va o‘tkazish;
  • kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan quyiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinish nazoartini va monitoringini olib borish;
  • institutda ta’lim standartlarini joriy etish masalalari bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • institutning boshqarish organlariga ta’lim jarayonini isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
  • institutda o‘quv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bo‘linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshirishda ishtirok etish;
  • kamchiliklar va muammolarni bartaraf va hal qilish bo‘yicha aniq takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish;
  • institutda ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini nazorat qilish;
  • institutdagi barcha turdagi Kengash ishlarida ishtirok etish;
  • institut faoliyati bo‘yicha fakultet, kafedra va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxasisslarni jalb qilish;
  • magistrlik dissertatsiyani himoya qilish, davlat attestatsiyalarining o‘tkazilishi va barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni nazorat qilish;
  • o‘z huquqi doirasida masalalarni joylarda o‘rganish uchun belgilangan tartibda institutning malakaviy professor-o‘qituvchilari va xodimlarini jalb qilgan holda guruhlar tuzish.

© 2024 kkmi