Talaba fikri — ta’lim sifatining muhim mezoni
23.01.2026 Поделиться
Bugun, 23-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–76-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Umummilliy talabalar so‘rovnomasi tashkil etildi.






Mazkur so‘rovnoma orqali talabalarning:
- ta’lim jarayoni sifati,
- o‘qitish metodikasi,
- professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyati,
- o‘quv-metodik ta’minot,
- raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish,
- baholash tizimi hamda institutda yaratilgan sharoitlar bo‘yicha fikr va takliflari o‘rganildi.
So‘rovnoma ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida o‘tkazilib, institutning barcha fakultet va yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar unda faol ishtirok etdi. Talabalar o‘z mulohazalarini erkin bildirib, ta’lim sifatini oshirishga doir muhim takliflarini ilgari surdi.
So‘rovnoma natijalari o‘quv jarayonini talabalar ehtiyojlari va zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, o‘quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, shuningdek, ta’lim xizmatlari sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Umummilliy talabalar so‘rovnomasi — talabaning fikrini ustuvor mezon sifatida e’tirof etish, ularning ta’lim jarayonidagi ishtirokini kuchaytirish va oliy ta’lim tizimini doimiy takomillashtirishga xizmat qiladi.
QTI Matbuot xizmati