Yangiliklar

Talaba va ustozlar fikri — ta’lim sifatini oshirishning muhim omili

23.01.2026

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan respublika miqyosida oliy ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilarini qamrab olgan umummilliy so‘rovnoma o‘tkazildi.

Mazkur so‘rovnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–76-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy ta’lim tizimida ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini real holat asosida baholashga qaratilgan.

So‘rovnoma talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun alohida ishlab chiqilib, unda:

  • o‘quv rejalari va fan dasturlarining zamon talablariga mosligi,
  • ilmiy-pedagogik faoliyat uchun yaratilgan sharoitlar,
  • malaka oshirish tizimi,
  • ta’lim sifatini yanada oshirishga doir takliflar atroflicha o‘rganildi.

So‘rovnoma ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida, ishtirokchilarning fikrlari erkin va anonim tarzda yig‘ildi.

Umummilliy so‘rovnoma talaba va professor-o‘qituvchilar fikrini ustuvor mezon sifatida e’tirof etish, ularning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish hamda zamonaviy, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladigan muhim mexanizm hisoblanadi.

QTI Matbuot xizmati

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com