O‘QUV-SIMULYATSIYA MARKAZI

Markaz tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmacevtika ta’limi va fan tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4310-son qarorida o‘quv va simulyaсiya markazlarini tashkil etish belgilangan.  Mazkur qaror asosida 2022-yilda Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida xalqaro talablarga javob beradigan eng yangi jihozlar bilan jihozlangan, talabalarning amaliy tajribasi va malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-simulyaсiya markazi ochildi.

Innovaсion  simulyaciya markazida o‘qitish  oliy ta’lim uchun amaldagi dasturlarga muvofiq tashkil etilgan.  Innovatsiya va simulyatsiya markazi Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Innovatsiya va simulyatsiya markazi 4 qavatli binoda joylashgan bo‘lib, simulyaсiya mashg‘ulotlari uchun  20 ta xonaga ega. Bu уerda pediatriya,  davolash, oliy hamshiralik ishi talabalari, klinik ordinatorlar, internalar shuningdek, shifokorlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o‘qiyotgan  shifokorlar tahsil oladi.

Simulyaciya markazida xonalar fanlarga bo’lingan: terapiya, kardiologiya, pulmonologiya, gastroenterologiya, nefrologiya, urologiya, anesteziologiya – reanimaciya, jarrohlik va laparoskopik jarrohlik, akusherlik-ginekologiya, otorinolaringologiya va oftalmologiya, pediatriya, shuningdek, brifing va debrifing uchun xonalar, OSKI  bo’yicha amaliy ko’nikmalarni olish uchun o’quv xonalari mavjud.

Simulyaciya markazi GIZ va JICA grant loyihasi doirasida zamonaviy va eng yangi simulyatorlari bilan jihozlangan.

Simulyaciya markazida quyidagi o’quv modullari  bo’yicha simulyacion o’qitish olib boriladi:

  • Normal va topografik anatomiya, gistologiya, tibbiy  radiologiya  bo’yicha («Pirogov» 3D virtual anatomik stoli)
  • Bemorni fizikal  tekshiruvi  (fizik tekshiruv uchun «FIZIKO» manekeni)
  • Terapiya, endokrinologiya, nevrologiya, shoshilinch vaziyatlar bo’yicha – Virtual bemor «Body Interact» (klinik fikrlashni  o’rgatishning  interaktiv  tizimi)
  • Jarrohlik, travmatologiya bo’yicha  – ko’krak qafasi shikastlanishida yordam berish ko’nikmalarini mashq qilish uchun fantom
  • Pediatriya, neonatologiya, chaqaloqlarni parvarish qilish bo’yicha – parvarish va monitoring uchun yangi tug’ilgan chaqaloq manekeni
  • Laparoskopik  jarrohlik, ginekologiya va urologiya bo’yicha  – Virtual laparoskopiya simulyatori
  • Endoskopiya  asosiy  va  kengaytirilgan kolono va gastroskopiya   ko’nikmalari bo’yicha   – Bushlik ishi Virtual endoskopiya  simulyatori
  • Ginekologiya bo’yicha  – Gisteroskopiya bo’yicha amaliy ko’nikmalar uchun virtual simulyator
  • FAST, artroskopik jarrohlik bo’yicha asosiy mashg’ulotlar bo’yicha – «ArthroS» artroskopik aralashuvlarni qo’llash uchun virtual simulyator
  • Favqulodda vaziyatlar, anesteziologiya, reanimaciya, kardiologiya va pulmonologiya bo’yicha  – Yosh bola simulyatori – Artur, kattalar bemor simulyatori  – Leonardo
  • Laparoskopik jarrohlik simulyatorlari – 3D virtual simulyator, laparoskopik jarrohlik trening simulyatori
  • Kardiologiya, favqulodda vaziyatlar bo’yicha – SimManALS – yurak simulyatori
  • Kardiologiya – «K Plus» simulyator tizimi seriyasi – Kardiologik  bemorning K simulyatori
  • Pulmonologiya bo’yicha – nafas olish shovqinlarini tinglash uchun –  LSAT simulyatori
  • Infekciya, neyroxirurgiya bo’yicha – Lumbar punkciya simulyatori
  • Pediatriya bo’yicha – Qo’lda in’ekciya qilish uchun pediatriya simulyatori

© 2025 kkmi