Markaz faoliyati
- Klinik, laboratoriya va kommunikativ ko‘nikmalarni o‘qitish va baholashga yo‘naltirilgan simulyaciya sharoitida (manekenlar, modellar, avtomatlashtirilgan virtual modellar, tibbiy asbob-uskunalar, interaktiv o‘quv kompyuter dasturlari, audio-video materiallar) yosh shifokorning amaliy mashg‘ulotlari uchun innovacion texnologiyalar integratsiyasini ta’minlash.
- O‘quv jarayonini amalga oshirish uchun tibbiyot sohasida klinik fanlarni o‘qitishning o‘quv innovacion texnologiyalarini joriy etish, tarkibiy bo‘linmalar bilan aloqalarni ta’minlash;
- Vaziyatli vazifalarni bajarish va amaliy imtihonlarni o ‘ tkazish asosida amaliy kasbiy kompetentsiyani shakllantirish va takomillashtirish samaradorligi, sifatini nazorat qilish;
- O’quv jarayoniga innovacion amaliyotga yo’naltirilgan simulyaciya o’qitish usullarini joriy etish;
Odam anatomiya o’quv – simulyation xonasi
Odam anatomiyasi fanidan o’quv va simulyatsiya xonasi Pirogov tomonidan yaratilgan innovatsion 3D virtual anatomik atlas bilan jihozlangan.
Anatomiya simulyatsiya xonasining maqsadlari:
Odam anatomiyasi, topografik anatomiya, patologik anatomiya va tibbiy radiologiya fanlari bo’yicha talabalarning kasbiy ko’nikmalarini amalga oshirish.
Anatomiya simulyatsiya xonasining vazifalari:
- Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va talabalarning inson anatomik tuzilishini o‘rganishga psixologik tayyorgarligini mustahkamlash;
- Odam anatomiyasi fanidan talabalarning nazariy va amaliy bilimlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish;
- Talabaning foydalanilayotgan bilimlarini patologiya bilan normani nisbatan o‘rganilgan amaliy ko‘nikmalar asosida baholash;
- Jamoada ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
