Xalqaro hamkorlik doirasida malaka oshirish kurslari
22.01.2026 Поделиться
Koreya Universiteti hamda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Gigiena va atrof-muhit, epidemiologiya kafedrasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida navbatdagi malaka oshirish kurslari Koreya Respublikasining Sejong shahrida joylashgan Sejong atrof-muhit texnologiyalarini rivojlantirish kompaniyasi (세종환경기술개발) bazasida tashkil etilmoqda.
🎓 Mazkur safar doirasida institutning Mediko-profilaktika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun zamonaviy tajriba va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu mashg‘ulotlar orqali talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.
🌱 Xalqaro hamkorlik ta’lim sifati va ilmiy-amaliy salohiyatni oshirishga xizmat qilmoqda.




QMI Matbuot xizmati