Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik tibbiyot rivoji yo‘lida

12.03.2026

Avval xabar qilganimizdek, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti va Webster University o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Ushbu kelishuv doirasida institutning davolash ishlari bo‘yicha prorektori, Orol bo‘yi klinikasi bosh shifokori Feruz Xomidov hamda Webster University rektori Dr. Jean Paul van Marissing ishtirokida tibbiyot sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha memorandum imzolandi.

Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadi — Orol bo‘yi klinikasi shifokorlarining malakasini oshirish, xalqaro tajribalarni joriy etish hamda xorijiy mutaxassislarni zamonaviy klinikamizga jalb etish orqali tibbiy xizmat sifatini yanada yuksaltirishdan iborat.

Shuningdek, bu tashabbus Orol bo‘yi mintaqasida aholiga zamonaviy va xalqaro standartlarga mos tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Mazkur hamkorlik mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, shifokorlar salohiyatini oshirish hamda muhtaram Prezidentimiz tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com