
Xalqaro tibbiyot forumida muhim ishtirok
06.09.2025 Поделиться
Buxoro shahrida buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1045-yilligi hamda Buxoro davlat tibbiyot institutining 35-yilligi munosabati bilan xalqaro tibbiyot forumi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Ushbu nufuzli tadbirda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori, professor Olimbay Xalimov ishtirok etdi.
📌 Forum davomida rektor O.Xalimov:
- Abu Ali ibn Sino tavalludining 1045-yilligi hamda Buxoro DTI tashkil etilganligining 35-yilligi bilan samimiy muborakbod etdi;
- Tadbir zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolarini muhokama qilish va yangi yechimlarni izlashda muhim platforma ekanini ta’kidladi.
🏅 Shuningdek, forum doirasida rektor “Buxoro davlat tibbiyot instituti Faxriy professori” unvoni bilan taqdirlandi.
🤝 Yig‘ilishlarda chet el va respublikamizning tibbiyot va farmatsevtika oliygohlari rektorlari:
- talabalar amaliy ko‘nikmalarini oshirish,
- professor-o‘qituvchilar malakasini yuksaltirish,
- klinik bazalarda ta’lim sifatini yaxshilash,
- qo‘shma dasturlar ishlab chiqish va tajriba almashish masalalarida kelishuvlarga erishdilar.
Mazkur forum oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy hamkorlik va tajriba almashinuvini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.


