Yangiliklar

11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni

11.10.2025

Bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Xotin-qizlar kengashi va Institut sport klubi tashabbusi bilan “Sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida talaba-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ularning salomatligini mustahkamlashdir.

⚡️ Institut rektori O.Xalimov musobaqa davomida sportning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritib, sport nafaqat jismoniy chiniqish, balki irodani, jamoaviylikni va yetakchilik fazilatlarini shakllantirishini ta’kidladi. Shuningdek, institutda talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini qayd etdi.

🏅 Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com