Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor
Ermekbayeva Akbal Urdabaevna
Tibbiyot fanlari doktori
Qabul vaqti: | Juma 14:00 dan 17:00 gacha |
Tel: | (8361) 222-84-07 |
Fax: | (8361) 222-84-36 |
E-mail: | nukusmed@mail.ru |
Manzil: | Nukus shahri, A.Dosnazarov ko’chasi 108 |
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, maʼnaviyat va maʼrifatni rivojlantirish mamlakatdagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Taʼlimni takomillashtirish sohasidagi islohotlardan biri barkamol avlodni har jihatdan tarbiyalash, ularni vatanparvarlik va mustaqillik gʻoyalariga sadoqat ruqida tarbiyalash maqsadida barcha oliy oʻquv yurtlarining “Maʼnaviyat va Maʼrifat” markazlari hamda tarbiyaviy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimi tashkil etildi.
YOSHLAR MASALALARI VA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO‘YICHA PROREKTORNING ASOSIY MAQSAD VAZIFASI:
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashga koʻmaklashishni taʼminlash;
Vazirliklar va yuqori tashkilotlarning buyruqlari va koʻrsatlamalari, institut Ilmiy kengashi qarorlari hamda institutning maʼnaviy-maʼrifiy va yoshlar tarbiyasiga oid buyruqlari bajarilishini tashkil etish;
Davlat taʼlim standartlari asosida maʼnaviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
Davlat taʼlim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va boʻlimlar, kafedra mudirlari va pedagog oʻqituvchilarning toʻliq bilishini taʼminlash;
Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va koʻrsatmalarini, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiya jarayonlariga oid masalalar boʻyicha institut Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
Ilgʻor mamlakatlar taʼlim tizimining rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa taʼlimga oid qonunlar koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
Faoliyat yoʻnalishi boʻyicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy jarayonni taʼminlaydigan boʻlimlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
Boʻlimlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
professor-oʻqituvchilarning shaxsiy rejasi 5-bandini bajarilishini nazorat qilish va taʼminlash;
maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi anjumanlar, uchrashuvlar davra suhbatlari va konferensiyalarni tashkil etish,
Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga koʻmaklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulugʻbek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayoniga koʻmaklashish;
Professor-oʻqituvchilar va oʻquv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, boʻlimlarni malakali kadrlar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish;
Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora koʻrish, ular bilan shartnomani bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Kafedralar, fakultet va boʻlimlarning yillik faoliyati hisobotlarini oʻtkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-oʻqituvchilarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
Institutlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-oʻqituvchilarning faol ishtirokini taʼminlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
Institutni oʻrnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan oʻtkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va oʻtkazishda faol ishtirok etish.
Institutda har doim yoshlarning jamiyatdagi oʻrnini egallashiga, siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada oshirish, korrupsiya, giyohvandlik, OITS, terrorizm, ekstremizm kabi illatlarga qarshi kurashish, alkogolizm va boshqa salbiy illatlarni oldini olish.