Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida — yangi avlod shifokorlari hayot yo‘liga qadam qo‘ydi!

30.10.2025

Bugun institutda Klinik ordinatura va internatura bitiruvchilarining diplom topshirish marosimi katta tantana bilan o‘tkazildi. Bu kun — yoshlik orzulari ro‘yobga chiqqan, fidoyilik va mas’uliyat yo‘lida yangi bosqich boshlangan unutilmas sana bo‘ldi.

Tadbirni institut rektori Olimbay Xalimov ochib, bitiruvchilarni chin dildan tabrikladi. U yoshlarga inson salomatligini asrashdek muqaddas burchni yuksak mas’uliyat bilan bajarishni, kasbda sadoqat va vijdon bilan xizmat qilishni tiladi.

Shuningdek, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, bitiruvchilarning ota-onalari va bitiruvchilar ham so‘zga chiqib, samimiy tilaklar va faxr tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdilar.

Marosimning eng hayajonli onlari esa shifokorlik qasamyodi bo‘ldi. Bo‘lajak shifokorlar inson hayoti va sog‘lig‘i yo‘lida halollik, sadoqat va mehr bilan xizmat qilishga tantanali ravishda so‘z berdilar.

Bu nafaqat diplom olish marosimi, balki inson hayotini saqlashga bag‘ishlangan yuksak missiyaning boshlanishi bo‘ldi.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com