MARKAZ VA TASHKILOTLAR

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti

Djangabayev Mirzamuxammed Polatbaevich

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi


Qabul vaqti:Dushanba – Shanba 15:00 dan 18:00 gacha
Tel:(+99861) 222-84-97
Fax:(+99861) 222-84-36
E-mail:nukusmed@mail.ru
Manzil:Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi 108-uy

Yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari

  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.

  Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.

  Ittifoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
  • yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
  • yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
  • iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
  • yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
  • yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.

  Ittifoqqa yuridik va jismoniy shaxslar Ustavda belgilangan tartibga asosan a’zo bo‘lish mumkin. Ya`ni, Ittifoqning maqsadini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan,14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning a’zosi bo‘lishi mumkin
  Shu bilan birga yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda ta’sis hujjatlari Ittifoqning Ustav maqsadlari, vazifalari va dasturiy hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar ham Ittifoqqa a’zo bo‘lishi mumkin.


O`ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI QORAQALPOG`ISTON TIBBIYOT INSTITUTI BOSHLANG`ICH TASHKILOTI YOSHLAR KENGASHI


Alimov Suyinbay Nauman Uli

I Tibbiyot fakulteti koordinatori


Salimova Luiza Azamatovna

II Tibbiyot fakulteti koordinatori


Sarsenbayev Berdimurat Jiyenbay uli

«Intellektual loyihalar» yo‘nalishi koordinatori


Reypnazarova Aqsungul Kaipnazar qízí

«Tadbirkorlik va innovatsiya» loyihalari koordinatori


Allayorov Diyorbek Raxmatullayevich

«Yoshlar daftari va metsenatlik» yo‘nalishi koordinatori


Qarshiboyeva Shahzoda Orif Qizi

«Talaba-qizlar» yo‘nalishi koordinatori

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com