MADANIY MARIFIY TADBIRLAR

1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni!

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rahbariyati ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan ko‘p yillar davomida kelajak avlodlarga bilim berib, ularni insonparvarlik va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalagan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan nuroniy ustozlarimizning holidan xabar oldi.

Tashrif davomida faxriy ustozlarimizning sog‘lig‘i, kayfiyati bilan qiziqildi, ularga institut jamoasining samimiy tilaklari izhor etildi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari topshirilib, ustozlardan duolar olindi.

Suhbatlar jarayonida nuroniy ustozlarimizning yuzlaridagi quvonch, ko‘zlaridagi mamnuniyat hamda samimiy tabassumlari bu ehtiromning nechog‘lik ulug‘ qadriyat ekanini yaqqol namoyon etdi.

✅ Bunday tashabbuslar nafaqat ustozlarimizning ko‘nglini shod etadi, balki bugungi yosh avlodga ham ibrat bo‘lib, ularni kattalarga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Institut rahbariyati barcha ustozlarni bayram bilan chin dildan tabriklaydi, ularga sihat-salomatlik, baxt va farovon umr tilaydi!

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com