MADANIY MARIFIY TADBIRLAR

Biz — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz!

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida shu nom ostida yoshlarni birlashtiruvchi, ularga motivatsiya va ilhom baxsh etuvchi yuksak darajadagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, «Kelajak bunyodkori» medali sohibi, yosh tadbirkor Sh.Niyazimbetov, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Shagieva Marianna Maratovna, hamda qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni A. Zaydullaeva ishtirok etib, o‘z tajribalari, muvaffaqiyatli yo‘llari va hayotiy maslahatlari bilan talabalarga chinakam ilhom bag‘ishladilar.

Ayniqsa, Prezidentimiz bilan uchrashgan va davlat miqyosida faoliyati yuksak qadrlangan yosh tadbirkor Sh.Niyazimbetovning yoshlarga yo‘llagan samimiy fikrlari, mehnatsevarlik va tashabbuskorlik haqidagi maslahatlari tadbir qatnashchilarida katta motivatsiya uyg‘otdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga hayotiy va amaliy javoblar olish imkoniga ega bo‘lishdi. Mehmonlarning samimiy suhbatlari yoshlarda o‘z oldiga katta marralarni qo‘yish va ularni ro‘yobga chiqarish ishtiyoqini yanada kuchaytirdi.

Tadbir so‘ngida institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Z. Aleuov mehmonlarga chuqur minnatdorchilik bildirib, bunday ilhomli uchrashuvlarni muntazam tashkil etish yoshlarga katta foyda berishini ta’kidladi.

Tadbir nafaqat yoshlarda bunyodkorlik ruhini, balki Vatanga sadoqat, fidoyilik va yangicha g‘oyalarga intilish hissini yanada mustahkamladi.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com