MADANIY MARIFIY TADBIRLAR

“MedQuiz” – Zakovat intellektual o‘yini

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, do‘stona muhit yaratish, aqliy salohiyatini oshirish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “MedQuiz” Zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi.

✨ O‘yinda institut talaba-yoshlaridan tashkil topgan 14 ta jamoa ishtirok etdi. Bellashuv davomida:

  • tibbiyot fanlariga oid qiziqarli savol-javoblar,
  • tezkor fikrlash talab qiluvchi topshiriqlar,
  • bilim va zukkolikni sinovdan o‘tkazuvchi savollar berildi.

🔝 Jamoalar o‘z bilim va zakovatini namoyon qilib, qiziqarli va raqobatlarga boy muhitda bahslashdilar. Har bir jamoa o‘zining to‘plagan ballari bilan tanishishlari mumkun.

📌 “MedQuiz” nafaqat bilim sinovi, balki talabalarning bir-biridan o‘rganishi, do‘stlik aloqalarini mustahkamlashi va intellektual salohiyatini oshirish uchun muhim maydon bo‘ldi.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com