MADANIY MARIFIY TADBIRLAR

QMIda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida Shaxmat-Stol tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

QMIda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida Shaxmat-Stol tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, intellektual o‘yinlar va kasb-hunar sohalaridagi qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida «Besh tashabbus olimpiadasi» musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Ushbu muhim tashabbus yoshlarga o‘z qiziqish va qobiliyatlarini namoyon etish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Musobaqa davomida talabalar nafaqat o‘z mahoratlarini namoyish etdi, balki do‘stlik, jamoatchilik va hamjihatlik ruhini yanada mustahkamlashga erishdi. «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida tashkil etilgan «shaxmat va stol tennisi» musobaqasi yoshlar o‘rtasida sportga qiziqishni yanada oshirish, ularning salomatligini mustahkamlash va sport madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com