Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Ustozlar kuniga bag‘ishlangan voleybol musobaqasi
1-oktyabr — “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida qator sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shu jumladan, institutning professor-o‘qituvchilari o‘rtasida voleybol bellashuvlari tashkil etildi: Erkak ustozlar o‘zaro jamoalarga bo‘linib, qizg‘in raqobatda kuch sinashdilar. Ayol ustozlar esa o‘zaro jamoalarda chaqqonlik va jipslikni namoyon etdilar.
Qizg‘in va do‘stona muhitda kechgan musobaqalarda barcha jamoalar ham g‘alaba uchun bor kuchini ishga soldi. Sportga bo‘lgan ishtiyoq, chaqqonlik va hamjihatlik esa barchaga namuna bo‘ldi.
Tadbir davomida ustozlarning sog‘lom raqobati, samimiyligi va do‘stligi barcha ishtirokchilarga ijobiy kayfiyat ulashdi.
🏆 Musobaqa g‘oliblari esa “1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirda taqdirlanadilar.



Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti — ilm va sport uyg‘unlashgan maskan!