Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Xalqaro qizlar kuni” keng nishonlandi!
Bugun, 14-oktyabr kuni, Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi tashabbusi bilan 11-oktyabr – “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Zakovat” intellektual bilim o‘yini o‘tkazildi.
🧠 Tadbirda institutning faol va izlanuvchan talaba-qizlari ishtirok etib, o‘z bilim va dunyoqarashlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qizg‘in bahs va do‘stona raqobat muhitida o‘tgan intellektual bellashuv nafaqat bilim, balki jamoaviy hamjihatlik, iqtidor va tafakkur bayramiga aylandi.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-tibbiyot va 2-tibbiyot fakulteti jamoalari orasidan 3 ta g‘olib jamoa ajralib chiqdi. “Zakovat” intellektual o‘yinining keyingi bosqichida 6 ta jamoa g‘alaba uchun bellashadi.
🎁 Eng bilimdon jamoa institut tomonidan qimmatbaho sovg‘a va faxriy diplom bilan taqdirlanadi






