QTIda stol tennisi musobaqasi — sog‘lom turmush va do‘stlik sari qadam!
🔘 Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talabalarning jismoniy faolligini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish maqsadida navbatdagi sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu safar talabalar o‘zaro stol tennisi bo‘yicha bellashib, mahorat va tezkorlikni sinovdan o‘tkazdi.
🏓 Musobaqa davomida ishtirokchilar faqatgina sportdagi g‘alaba uchun kurashib qolmay, balki o‘zaro hurmat, hamjihatlik va do‘stlik kabi insoniy qadriyatlarni ham yanada mustahkamlashga erishdi.
🏆 G‘olib va sovrindorlar:
👦 O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 S.Bobojanov
🥈 O.Quwanıshbaev
🥉 A.Amangeldiev
👧 Qiz bolalar o‘rtasida:
🥇 M.Eshpolatova
🥈 S.Narmamatova
🥉 N.Jalǵasbaeva
✨ Ushbu musobaqa nafaqat talabalar o‘rtasida sport ruhini kuchaytirdi, balki institutda sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotining yorqin namunasi bo‘lib xizmat qildi.



