O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi
O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining matni va musiqiy tahririyati O’zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli «O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida» gi qonuni bilan tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi O’zbekiston Respublikasining davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasiga chuqur hurmat — O’zbekiston Respublikasining har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh, hur oʼlkam, elga baxt, najot,
Sen oʼzing doʼstlarga yoʼldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar — jon Oʼzbekiston,
Аjdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʼ xalq qudrati joʼsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bagʼri keng oʼzbekning oʼchmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zoʼr qanot!
Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu boʼl obod!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar — jon Oʼzbekiston,
Аjdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʼ xalq qudrati joʼsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!