“MUVAFFAQIYAT SARI YO‘L” — MAQSADLAR, TAJRIBA VA ILHOM UCHRASHUVI
13.10.2026 Поделиться
“MUVAFFAQIYAT SARI YO‘L” — MAQSADLAR, TAJRIBA VA ILHOM UCHRASHUVI
“Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan joriy yilning 13-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-qizlarning hayotiy maqsadlarini belgilash, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va muvaffaqiyatga intilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Muvaffaqiyat sari yo‘l” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova olib bordi. Davra suhbatiga Nukus shahri hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z. Dawletnazarova taklif etildi.
Suhbat davomida Z. Dawletnazarova talaba-qizlar bilan samimiy muloqot olib borib, o‘zining hayotiy tajribasi, mehnat faoliyati va oila tarbiyasi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Qizlarga ta’lim olish, kasbiy maqsadlarga erishish, oilaviy qadriyatlarni asrash va hayotda o‘z o‘rnini topish yuzasidan tavsiyalar berdi.
Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javob va tavsiyalar oldilar.
Mazkur davra suhbati talaba-qizlarni o‘z ustida ishlashga, qat’iyatli bo‘lishga va kelajakdagi maqsadlari sari dadil intilishga ruhlantirdi.




