Utambetova Guljaxan Satmuratovna
| Lavozimi: | Bosh buxgalter |
| Tel: | +998 91 394 70 27 |
| E-mail: | guljaxanutambetova7@gmail.com |
Bosh buxgalter lavozim vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
Professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq xamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
Moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizasiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
Mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;
Bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;
Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishining oldini olish;
Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to‘g‘ri saflanishini nazorat qilish;
Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini nazorat qilish;
Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizasiyasini o‘rnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o‘z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish
Bilishi kerak:
Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTMsi yillik va istiqbolli rejalarini bilishi, moliya hamda nazorat-taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlarni tuzish xususiydagi, shuningdek OTMsining moliya-xo‘jalik faoliyatiga, OTMsi tuzilmasiga va uni rivojlantirish istiqbollariga tegishli barcha uslubiy, me’yoriy hamda boshqa hujjatlarni bilish.
Malaka talablari:
Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.
Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

Koylibaeva Gulnaz Koshkarbaevna
| Lavozimi: | Bosh buxgalter o’rinbosori |
| Tel: | +998 90 420 28 68 |
| E-mail: | koylibaevagulnaz189@gmail.com |
Bosh buxgalter o‘rinbosori:
1. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30 avgust 279-1 sonli “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 3.09.1999 yildagi “Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro‘xatga olingan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”si, Buxgalteriya hisobotining milliy standartlari, shtatlar jadvali va boshqa huquqiy-normativ hujjatlar asosida ishlarni amalga oshiradi;
2. institutning debitor va kreditorlaridan kelib tushadigan hisob-kitob, pul hujjatlari o‘zining shakli va mazmuniga ko‘ra to‘g‘ri rasmiylashtirilishini, shuningdek, ularning qonuniy tarzda bajarilishini hamda mablag‘ va boyliklar but saqlanishini ta’minlaydi;
3. Asosiy vositalar va tovar-moddiy hamda boshqa boyliklarga tegishli kirim-chiqim hujjatlarining to‘g‘ri va qonuniy yuritilishini hamda mablag‘lardan oqilona foydalanilishini ta’minlaydi;
4. Kelib tushgan tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar hisobini to‘liq yuritadi, shuningdek, ularning harakati bilan bog‘liq operatsiyalarning barchasini buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettiradi;
5. Asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarning talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikni nazorat qiladi va har yili oktyabr’ yoki noyabr’ holatiga inventarizasiya qiladi;
6. Moddiy javobgar shaxslardan hisobot qabul qiladi;
7. Buxgalteriya hisobi va hisobotining to‘g‘ri tashkil etilishini tekshiradi, buxgalteriya hisobi, hisoboti, nazorat va iqtisodiy tahlil masalalari yuzasidan xodimlarga o‘z vaqtida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib boradi;
8. institut tasarrufida bo‘lgan bo‘limlardan buxgalteriya ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilangan tartibda choraklik va yillik hisobotlarni tuzadi va uni belgilangan muddatlarda tegishli joylarga rahbar yoki uning o‘rinbosari hamda bosh buxgalter imzolari bilan topshiradi;
9. Moddiy bo‘lim tomonidan hisobotlar tuzilishini nazorat qiladi, har oyda barcha memorial orderlar asosida Bosh kitobga qayd qilib boradi, oylik aylanmani hisob-kitob qilib, oy oxiriga qoldiq chiqaradi;
10. Asosiy vositalarni qayta baholash va ularning eskirishini belgilangan tartibda hisoblaydi;
11. Har oyda filial bo‘yicha moddiy-javobgar shaxslar bilan birgalikda qoldiqlarni tekshiradi;
12. Moddiy javobgar shaxslar bilan (kassirlar, ombor mudirlari, komendantlar va boshqalar) o‘z vaqtida to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzilishini ta’minlaydi;
13. Tovar-moddiy boyliklarning qabul qilinishi va topshirilishini rasmiylashtirishda belgilangan qoidalarga rioya etadi;
14. Tovar-moddiy boyliklar, asosiy fondlarni yo‘qlama qiladi, hisob-kitoblar va to‘lov majburiyatlarini bajarishning belgilangan qoidalariga rioya etadi;
15. Belgilangan muddatlarda debitorlik qarzining undirib olinishi va kreditorlik qarzining qaytarilishini nazorat qiladi, to‘lov intizomiga rioya etadi;
16. Kamomadlar, debitorlik qarzi va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobining balans hisobotlaridan qonuniy tarzda chiqaradi;
17. Tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish hamda berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlarni tegishli buyruq asosida imzolaydi;
18. Oliy iqtisodiyot yoki moliya sohasida ma’lumotga ega, xushmuomala, talabchan va o‘z ustida ishlaydigan bo‘lishi shart;
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, ijro intizomiga, byudjet va moliya intizomiga, Filialning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, Direktor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga va o‘z kasbiga doir huquqiy-normativ hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, o‘zining xizmat vazifalariga rioya etadi.

Olimova Mahliyo Habibovna
| Lavozimi: | Xarid buyicha bosh mutaxassis |
| Tel: | +998 94 621 67 88 |
| E-mail: | olimovamahliyo1994@gmail.com |
Xarid buyicha bosh mutaxassis:
1.O‘zbekiston Respublikasining 2021 22 apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son va 259-sonli Qonuniga muvofiq xaridlarini olib borilishini ta’minlash.
2. KMI rahbariyati tomonidan o‘rnatilgan tartibda imzolangan moliyaviy shartnomalarni to‘lov grafiklari tuzgan holda Moliya vazirligi G‘aznachiligida ro‘yxatdan o‘tkazilishini hamda to‘lovlarning amalga oshirilishini ta’minlash
3.159-subschyot «Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» bo‘yicha moliyaviy operatsiyalar aylanmasi kitobini UzASBO DMda yuritish (elektron va qog‘oz shaklida), Moliya vazirligi G‘aznachiligida ro‘yxatdan o‘tgan shartnomalarning bajarilishini nazorat qilib borish, tashkilotlar bilan yuzaga kelgan qarzdorlik va haqdorliklarning to‘lanishi yoki undirilishi bo‘yicha aniq choralar ko‘rish.
4.NDS buyicha solik xisobotini uz vaktida tegishli organga takdim etish.
5.Shartnoma tuzilgan tashkilotlar bilan ishonchnoma rasmiylashtirish.
6.Ish yuzasidan murojaat etgan barcha insonlarga hushmuomalalik bilan muomala qilish va murojaatga qisqa fursatda yechim topish.
Bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan belgilangan vazifalarni bajarish.

Nuratdinova Gulnaz Kuanishbaevna
| Lavozimi: | Buxgalter |
| Tel: | +998 91 380 05 83 |
| E-mail: | gulnaznuratdinova25@gmail.com |
Buxgalter toifasiz, 1-2 toifa (oylik maoshi va stipendiya bo‘yicha):
1. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30 avgust 279-1 sonli “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 3.09.1999 yildagi “Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro‘xatga olingan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”si, Buxgalteriya hisobotining milliy standartlari, shtatlar jadvali va boshqa huquqiy-normativ hujjatlar asosida ishlarni amalga oshiradi;
2. To‘lov-kontrakt mablag‘lari, shtatlar jadvali, xodimlar buyruqlari, kassa hisobotlarini kiritadi;
3. Kasallik varaqalari, xodimlar tabellari bo‘yicha ish haqi va nafaqalarni hisoblaydi;
4. Filial bo‘yicha aylanma qaydnomaga hisoblash kiritadi (byudjet, byudjetdan tashqari mablag‘lar, bo‘limlar bo‘yicha va 40% ushlanma, ilmiy grantlar bo‘yicha (boshqaruv personali, xizmat ko‘rsatuvchi, xo‘jalik bo‘limi));
5. Oyning 5,10,15- sanasigacha byudjet, byudjetdan tashqari, ilmiy grantlar bo‘yicha ish haqiga so‘rovnoma tuzadi;
6. Tegishli hisob raqamlari bo‘yicha №4 memorial orderni tuzadi va kiritadi;
7. Nafaqalar, tug‘ish nafaqasi, kasallik varaqalari bo‘yicha so‘rovnomalarning oylik hisobotini tuzadi va har oyning 8-sanasigacha tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limiga topshiradi;
8. Xodimlar shtatlar jadvali, talabalarning buyruqlarini hisobga oladi;
9. Buyruqlarga asosan stipendiyalarni to‘g‘ri hisoblaydi;
10. Hisob varaqalarini ro‘yxatga olish kitobini yuritadi;
11. Bo‘limlar ish haqlari jamlanmasini tuzadi;
12. Choraklik hisobotlar, bandlik jamg‘armasi, kasaba uyushmasi hisobotlarini tuzadi va topshiradi;
13. Yillik hisobotlar, ro‘yxat bo‘yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to‘g‘risidagi, qo‘shimcha ishlovchilarning daromadlari to‘g‘risidagi, mehnat bo‘yicha 1t – xizmatchi va ishchilarning ish haqi (shu jumladan, ayollarning ish haqlari ko‘rsatilgan holda) to‘g‘risidagi hisobotlarni topshiradi;
14. №173, 174,176,175,179, 171/1, 171/2, 160, 161,162,163-sonli aylanma qaydnomalarni yuritadi;
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligiga ish haqi va stipendiya bo‘yicha so‘rovnomalarni tayyorlaydi;
16. Iqtisodiyot yoki moliya sohasida oliy ma’lumotga ega, xushmuomala, talabchan va o‘z malakasini oshirish ustida ishlaydigan bo‘lishi shart;
3.9.21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, ijro intizomiga, byudjet va moliya intizomiga, Filialning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, Direktor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga va o‘z kasbiga doir huquqiy-normativ hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, o‘zining xizmat vazifalariga rioya etadi

Aitmuratova Peruza Berdimuratovna
| Lavozimi: | Buxgalter |
| Tel: | +998 90 593 83 71 |
| E-mail: | aitmuratovaperuza@gmail.com |