
Bekbaulieva Muxabbat Daniyarovna
| Lavozimi: | Reja moliya bo’limi boshlig’i |
| Tel: | +998 90 706 25 15 |
| E-mail: | monom7151@gmail.com |
Reja moliya bo’limi bo‘yicha :
Bekbaulieva Muxabbat Daniyarovna
1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy xujjatlarini, ko‘rsatmalarini amalga oshirish;
2. QMI moliya-iqtisodiyot ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
3. Buxgalteriya, reja-moliya bo‘limi, marketing, o‘quv texnikaviy vositalari, ekspluatasiya-texnika va xo‘jalik, transport bo‘limlari hamda ta’limning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha shartnomalarini hisboga olish va rasmiylashtirish guruhi, o‘quv binolari, mehnat muhofazasi bo‘limlarining shuningdek Rektor buyrug‘i asosida biriktirilgan boshqa bo‘limlar ishini boshqarish va muvofiqlashtirish;
4. Qurilish ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;
5. QMIning mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o‘qitish kurslari, ijara, homiylik, divident va h.k.) yo‘lga qo‘yish orqali byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
6. Talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan byudjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa maxsus byudjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish;
7. Davlat byudjeti, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan va tadbirkorlik asosida topilgan mablag‘larning daromadlar va xarajatlar smetalarini ishlab chiqish, Moliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash;
8. QMI xarajatlar smetalarining bajarilishi, moliyaviy xo‘jalik faoliyati, valyuta operatsiyalarini hisobini olib borilishini nazorat qilish;
9. QMIning o‘quv laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshoatlarni kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
10. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida KMIni moddiy texnika bazasi holatini o‘rganib, uni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish;
11. QMIga investisiyalar jalb qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha – smeta xujjatlarini ko‘rib chiqib,
shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
12. Shtat, byudjet va hisob intizomiga to‘g‘ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisobotini nazoratini tashkil qilish;
13. Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan, shuningdek kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
14.QMIning professor-o‘qituvchilari va xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash, buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;
15.QMIning professor-o‘qituvchilari va xodimlari oylik maoshlari va talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash;
16. Pulli kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalardan o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish;
17. Shtat, byudjet va hisob intozamiga to‘g‘ri rioya qilinishini vash u bilan birga buxgalteriya hisoboti ustidan hamda xizmat safarlari xarajatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirishni nazorat qilish;
18. Qurilish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish, qora va rangli metall chiqindilarini topshirish rejasining bajarilishini ta’minlash;
19. Mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha-smeta xujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
20. Talaba va xodimlarni favquloddagi holatlarda hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;
filial binolarini barqarorligini ta’minlash, yong‘inga qarshi kurash jihozlari bilan ta’minlash, ularning sanitar-gigienik holatlarini talab darajasida tutishni ta’minlash;
22. Talabalar oshxonalari, bufetlari, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, tibbiy punktlar ishlarini rejasini tuzish va ularning ishlashini ta’minlash, talabalar turar joyi ehtiyojlarini doimiy ta’minlab borish;
23. Institutda madaniy-hordiq chiqarish tadbirlarni tashkil etish;
24. O‘qitishni zamonaviy komp’yuter texnikalari bilan jihozlangan mahsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish;
25. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki, yozma yoxud elektron shakldagi murojaatlarini belgilangan tartibda va muddatda xolisona ko‘rib chiqishni ta’minlash;
26. Rektorning elchixonalar, chet el tashkilotlari hamda chet el mamlakatlarining vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan tadbirlari chet elga xizmat safariga borish O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining 2005 yil 15 apreldagi 379-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining markaziy axboroti va tuzilmaviy bo‘linmalari xodimlarining xorijga xizmat safariga qisqa muddatli safar qilish haqida»gi Yo‘riqnoma asosida institut Rektorining buyrug‘i bilan amalga oshirish;
27. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, filialning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, Rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy xujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish.