Yangiliklar

ILM, TEXNOLOGIYA VA YANGI IMKONIYATLAR: XOTIN-QIZLAR UCHUN STEM

22.09.2026

2026-yil 21-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan xotin-qizlarning STEM yo‘nalishlariga qiziqishini oshirish va ularni ushbu sohalarga keng jalb etishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarni institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova olib bordi.

Unda STEM — fan, texnologiya, muhandislik va matematika yo‘nalishlarining bugungi ta’lim va kasbiy rivojlanishdagi o‘rni haqida ma’lumot berildi. Ayniqsa, mazkur yo‘nalishlarning zamonaviy tibbiyot bilan uzviy bog‘liqligi, raqamli tibbiyot, sun’iy intellekt, biotexnologiya, zamonaviy laboratoriya texnologiyalari va ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi imkoniyatlari haqida fikr almashildi.

Seminar davomida xotin-qizlarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish, texnologik yangiliklarni o‘zlashtirish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish hamda zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, fikr va takliflarini bildirdilar.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com