Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tomonidan Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan «Pediatriya» ta’lim yo‘nalishiga qabul boshlandi.
«3+3» ta’lim shakli:
• 1-3 kurslar – Qoraqalpog‘istonda o‘qish
• 4-6 kurslar – Sankt-Peterburgda o‘qishni davom ettirish
Barcha darslar faqat rus tilida olib boriladi
Kirish tartibi:
Qabul kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich – biologiya va kimyo fanlari bo‘yicha test sinovlari
Ikkinchi bosqich – rus tili bo‘yicha test sinovlari
Test sinovlarining ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.
Kerakli hujjatlar:
• 6 ta fotosurat (3×4)
• 086-U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma
• Pasport yoki ID karta nusxasi
• O‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi attestat
• Barcha hujjatlarning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi
Hujjatlarni topshirish muddati:
2026-yil 7-sentyabrdan 22-sentyabrgacha
Topshirish joyi:
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti qabul komissiyasi
Kontakt axboroti:
95 526 95 16
99 956 64 74
91 373 60 60
97 788 57 77