Yangiliklar

“MED-LIDER” JAMOASI — FAXRLI 2-O‘RIN SOHIBI!

14.10.2026

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” intellektual turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bellashuvda Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining “MED-LIDER” jamoasi faol ishtirok etib, munosib natija ko‘rsatdi va faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu natija talaba-yoshlarning intellektual salohiyati, mustaqil fikrlashi, dalillar asosida o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarining namoyonidir.

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti “MED-LIDER” a’zolarini erishgan yutuqlari bilan muborakbod etadi va kelgusi musobaqalarda ularga yangi muvaffaqiyatlar tilaydi!

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com