Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Tibbiyot xodimlari kuni” tantanali nishonlandi

10.11.2025

Bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida tibbiyot sohasining eng ulug‘ va e’zozli bayrami — “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut rektori Olimbay Xalimov ochib, inson salomatligini asrashdek muqaddas burchni bajarib kelayotgan barcha shifokorlar, hamshiralar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va tibbiyot jamoasini bayram bilan samimiy tabrikladi.

U o‘z nutqida so‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tibbiyot sohasi xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida tibbiyot sohasida uzoq yillar fidoyilik bilan xizmat qilgan, bemorlar salomatligi uchun jonbozlik ko‘rsatgan hamda ta’lim va amaliy tibbiyotni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan xodimlar davlatimiz rahbari farmoni, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdirlandi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati:
I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan:

  • Mels Kabulov
    “Mehnat faxriysi” I darajali ko‘krak nishoni bilan:
  • Seregul Bazarova
    “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lоchisi” ko‘krak nishoni bilan:
  • Shuakbaeva Nagima
  • Azima Tilewbergenova
    “Oliy ta’lim a’lоchisi” ko‘krak nishoni bilan:
  • Tursin Karajanova

Shuningdek, institutimizda samarali faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar, “Salomatlik marafoni” doirasidagi faol ishtiroki bilan ajralib turganlar, shuningdek bayram munosabati bilan o‘tkazilgan shaxmat va shashka sport musobaqalari g‘oliblari faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida san’at va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan bayramona konsert dasturi namoyish etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com