O‘ZBEKISTON: 35 YILLIK TARAQQIYOT VA YANGI MARRALAR
18.09.2026 Поделиться
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, bugungi natijalar va kelgusi o‘n yillikka mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni yorituvchi “Smart kitob” tayyorlangan.
Kitobda tarixiy ildizlarimiz va milliy o‘zligimiz, ijtimoiy rivojlanish, ta’lim, ilm-fan, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar jamlangan.
Shuningdek, kelgusi o‘n yillik uchun belgilangan 7 ta milliy dastur doirasidagi ustuvor vazifalar ham qisqa va tushunarli shaklda bayon etilgan.