Yangiliklar

🎭 QTI TALABALARI — YANA BIR YUTUQ!

20.01.2026

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 13-martdagi qo‘shma qaroriga muvofiq Qoraqalpog’istondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tanlovning asosiy maqsadi – talaba-yoshlarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy kamolotini yuksaltirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

Tanlov davomida talabalarning sahna mahorati va ijodiy yondashuvi hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholanib, qizg‘in muhokamalardan so‘ng g‘oliblar aniqlandi.

Quvonarlisi, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari Qoraqalpog‘istondagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovida nufuzli 1-o‘rinni egalladi!

G‘olib talabalarni institut rektori Olimbay Xalimov samimiy tabriklab, kelgusida Respublika bosqichida o‘tkaziladigan bellashuvlarda omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Tanlovning yana bir e’tiborga molik jihati — teatr studiyasi faoliyatiga 4-sinf o‘quvchisi Isbasarov Xalmuratning ham jalb etilganidir. Bu esa san’atga bo‘lgan qiziqish yosh chegarasini tan olmasligini yana bir bor tasdiqladi.

G‘olib talabalarimizga kelgusi Respublika bosqichida ham omad yor bo‘lishini tilaymiz!

QTI Matbuot xizmati

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com